Toshkent xalqaro kinofestivalida «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff ham qatnashadi

0

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalida animatsion kinoga ham alohida e'tibor qaratiladi.

Kinofestivalga taniqli xorijiy multiplikatorlar tashrif buyurib, o'z tajribalarini o'rtoqlashishadi.

Toshkent Xalqaro kinifestivalida amerikalik mashhur rejissyor, «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff mehmon bo'ladi va ishtirokchilar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Rob Minkoff O'zbekistondagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun multfilmlar ishlab chiqarish xalqaro loyihasida ham ishtirok etadi.

Toshkent xalqaro kinofestivaliga ko'pgina mamlakatlardan bolalar va kattalar uchun  qadrdon multfilmlarni suratga olgan taniqli animatorlar kelishi ham rejalashtirilgan.

uzbekkinopress

loading...