Amerikalik taniqli aktyor Stiven Sigal Toshkentga keladi

0

Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar o'tkazilayotgan “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida 30 ga yaqin mamlakatdan taniqli kinoyulduzlar ishtirok etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma'lum qilishicha, ular orasida  amerikalik taniqli aktyor, kinoprodyuser, ssenarist, kinorejissyor Stiven Sigal ham Toshkentga tashrif buyuradi.

Stiven Sigal Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo'lib, u  Samarqand viloyatidagi yangi Family Park kinoteatrini ochilish marosimida ishtirok etadi.

Aktyor festival doirasida kinoaktyorlik va rejissura bo'yicha bir qator mahorat darslarini o'tadi.

darakchi.uz

loading...