Internet orqali terrorchilar qarmog'iga ilingan namanganlik 24 yoshli yigit qo'lga olindi

0

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida, www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'idagi foydalanuvchi «Imom al-Buxoriy katibasi» nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi g'oyalar qayd etilgan videomateriallarni o'z sahifasiga joylashtirganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Olingan ma'lumotni tekshirish uchun o'tkazilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida, «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog'idagi foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi, 24 yoshli fuqaro I.A. ekanligi aniqlandi va tezkor tadbirlar natijasida qo'lga olingan.

Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ'ibotchilarini aldovlariga ishonib qolmaslikka,  o'zingizni qiziqtirgan diniy mavzulardagi savollarga mamlakatimizdagi “UZ” domenidagi rasmiy veb-saytlardan yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-xatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

loading...