Jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan Buxorolik fuqaro Rossiyada ekan aniqlanib, olib kelindi

0

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida yana bir qidiruvdagi shaxs qo'lga olinadi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinicha,  O'zbekiston Respublikasi JK.ning 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, dastlabki tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan 2021 yil 17 avgust kunidan qidiruv e'lon qilingan, Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida ro'yxatda turuvchi, 1964 yilda tug'ilgan N.B. ismli shaxs Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida ekanligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasiga kelishi ta'minlandi.

Aybdor “Buxoro halqaro aeroporti”da qo'lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

loading...