Marg'ilonda birga tadbirkorlik qilishni aytib, begona ayolning 200 mln so'mini qo'lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida begona ayolning 200 million so'm pulini firibgarlik yo'l bilan qo'lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Farg'ona viloyati IIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 16 sentyabr kuni S.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020—2021 yillar davomida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik qilishlarini aytib undan jami 200 million so'm pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganliini bildirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko'p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxs aybdor deb topilsa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

loading...