Mashhur hind kinoaktrisasi Huma Qureshi Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

0

“Ipak yo'li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalida bir qator hind kinosi yulduzdari ham tashrif buyuradilar. Bollivud yulduzlari kinofestival doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida o'tadigan hind kinosi kunlarida ishtirok etadilar.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkentga tashrif buyuradigan hind kino yulduzlari orasida mashhur kinoaktrisa Huma Qureshi ham bor.

Huma Qureshi 1986 yilda Dehli shahrida tug'ilgan. 2008 yildan boshlab Mumbay kinosanoatida bir qator mashhur filmlarda suratga tushgan. Gangs of Wasseypur, Trishna, D-Day, Dedh Ishqiyya singari hind filmlarida bosh rollarni ijro etgan.

Huma Qureshi kinofestivalda o'zbek kinoijodkorlari ishtirokidagi mahorat darslarini o'tkazadi, hind kinosi muxlislari bilan ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari olib boradi.

Eslatib o'tamiz, kinofestivalning ochilish marosimi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

loading...