Samarqandda Nexia yo'lga chiqib ketgan molni urib yuborib, Isuzu bilan to'qnashdi. Oqibatda yuk mashinada yong'in chiqdi

0

Samarqandda Nexia bilan to'qnashishi oqibatida Isuzu yuk mashinasida yong'in chiqdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 26 sentyabr kuni soat 09:00 larda Chelak—Samarqand yo'nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia yo'lning qatnov qismiga chiqib ketgan molni urib yuborib, qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketib, ro'paradan kelayotgan Isuzu bilan to'qnashib ketgan. Buning natijasida Isuzu mashinasida yong'in yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan Nexia mashinasi ichidagi fuqaro Chelak shahar shifoxonasiga murojaat qilgan. Nexia urib yuborgan mol halok bo'lganmi yo'qmi — xabarda aniqlik kiritilmagan.

Qayd etilishicha, ayni paytda holat yuzasidan tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...