Toliblar Tojikistonni Afg'onistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

0

“Tojikiston ichki ishlarimizga aralashmoqda, har bir harakatga qarshi harakat bor”, deb aytgan Birodar “Al-Jazira” telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Afg'onistonda barcha millatlar vakillari, jumladan tojiklar ishtirokida inklyuziv hukumat tashkil etilishini talab qilgan. Dushanbada ta'kidlanishicha, Tojikiston hukumati Afg'onistonda “zulm bilan shakllantirilgan” har qanday hukumatni tan olmaydi.

O'z navbatida, toliblar Afg'onistondagi hokimiyatlari haqida xulosa chiqarishdan oldin xalqaro hamjamiyatdan 20 oy berishni so'ragan. “Xalqaro hamjamiyat avvalgi hukumatga 20 yil davomida yordam berdi, biroq u baribir tanazzulga uchradi. Dunyo bizga juda bo'lmasa 20 oy bersin va keyin biz muvaffaqiyatga erisha oldikmi yoki yo'qmi, xulosa qilsin”, deb aytgan Afg'onistonning yangi hukumatida iqtisodiyot vaziri lavozimini egallayotgan Qoridin Muhammad Hanif.

kommersant.ru

loading...