Yangi turk jangovar uchuvchisiz uchish apparati Bayraktar TV3 2022 yilda birinchi parvozini amalga oshiradi

0

Yangi turk jangovar uchuvchisiz uchish apparati Bayraktar TV3 2022 yilda birinchi parvozini amalga oshiradi.

Bu haqda 22 sentyabr kuni Istanbulda uchinchi aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali (TEKNOFEST) doirasida tashkil etilgan «Take Off» xalqaro tashabbuslar sammitida «Baykar» kompaniyasining texnik direktori Seljuk Bayraktar ma'lum qilgan.

Seljuk Bayraktar, Baykar tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz havo tizimlari hamda yaqin yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida gapirgan. «Kelajakka nazar tashlasak, Bayraktar TB3 konsepsiyasini ko'rishimiz mumkin. Bu sun'iy yo'ldosh boshqariladigan uchuvchisiz uchish apparati minglab kilometr masofani bosib o'tadi. Biz Bayraktar TB2dan bir oz kattaroq va Akıncı uchuvchisiz uchish apparatidan kuchsizroq bo'lgan hujum dronlari haqida gapirayapmiz. Yangi uchish apparati uchish-qo'nish yo'lagi qisqa bo'lgan kemalarga qo'na olish qobiliyati bilan ajralib turadi, bu dunyoda ko'p analoglarda uchramaydi”, – dedi Baykar texnik direktori.

Bayraktar, Turkiya uchuvchisiz uchoqlarining bosib olingan Ozarbayjon yerlarini ozod qilishdagi ahamiyatini eslagan.

«Bizning uchuvchisiz uchish appratlarimiz ko'pchilikni harbiy konsepsiyani qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Umid qilamizki, Bayraktar TB3 2022 yilda birinchi parvozini amalga oshiradi. 2023 yilga kelib biz uchuvchisiz mahalliy harbiy samolyot loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, – deya xulosa qilgan u.

loading...