Hind kino yulduzlari Toshkent xalqaro festivalida: Navob Shoh

0

“Ipak yo'li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalida bir qator hind kinosi yulduzdari ham tashrif buyuradilar. Bollivud yulduzlari kinofestival doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida o'tadigan hind kinosi kunlarida ishtirok etadilar.

Toshkentga tashrif buyuradigan hind kino yulduzlari orasida mashhur aktyor Navob Shoh ham qatnashadi.

Navob Shoh 1972 yilda Mumbay shahrida tug'ilgan. 1990 yillardan boshlab, qator Bollivud filmlarida rol ijro etishni boshlagan. “Qo'rqmas”, “Panipat jangi”, “Yo'lbars tirik”, “Musofir”, “Sulton” singari filmlada rol ijro etgan. O'zbek tomoshabinlarga “Don-2” badiiy filmidagi Abdul Jabbor obrazi orqali yaxshi tanish.

Navob Shoh shuningdek, o'zbek kinoijodkorlari ishtirokidagi master-klass-mashg'ulotlari, hind kinosi muxlislari bilan uchrashuvlarda ham qatnashishi kutilmoqda.

loading...