Hisobini topgan samarqandlik fermer

0

Samarqand tumani fermerlari ishlashni ham, dam olishni ham joyiga qo'yishadi. Ular tog'lar etaklaridagi va Darg'om kanali bo'ylaridagi ekin maydonlarini hamisha yashnatib qo'yishadi. Sabzavotchilik, uzumchilik, bog'dorchilik, g'allachilik va boshqa sohalardan mo'l hosil ko'tarishadi. Mehnatlari mahsullari bilan mahalliy bozorlarni obod qilishadi va yana mahsulotlarining bir qismini xorijga eksport qilishadi. Topilgan daromad fermerning, fermer xo'jaligi a'zolarining to'ylariga, yaxshi kunlariga, farovon turmushi uchun sarflanadi.

Dam olish masalasida esa ular bir muddat hordiq chiqarish uchun sanatoriylar yoki boshqa dam olish muassasalari bilan cheklanib qolmay, Samarqand shahrining ko'pgina madaniyat muassasalariga hamda tog' bag'rida oromgohlar bag'rini to'ldirib o'tirishadi.

Tumanning tog'lar bag'ridagi Ilonsoy hududida uzumchilik va bog'dorchilik, Konigil tomonlarda g'allachilik va sabzavotchilikni yo'lga qo'ygan, bu sohalardan har yili topilayotgan daromadini ko'paytirayotgan, ekin maydonlari hosildorligini oshirayotgan “Azizov Qurbon” fermer xo'jpligi raisi Jamshid Azizov ana shunday ishbilarmon fermerlardan biri.  Aslida uning mehnat qilayotgan hududining o'zi naqd kurortning o'zi. Bir tarafda tog'lar, yonginasida bog'lar, ariqlarda shildirab suvlar oqib turadi. Yashnab turgan ekinzorlari, mo'l hosildan shoxlarini bukib turgan mevali daraxtlari ko'ngillarni yanada yashnatadi.

Shahar ham uzoq emas. Zarur paytlarda mashinasiga o'tiradi-yu, yoniga oilasini, farzanlarini olib ko'hna shaharga otlanadi. Uning go'zal maskanlari bag'riga bir pasda singib ketadi. Bunday dam olishlar birgina fermerning emas, uning butun oidasi a'zolarining kayfiyatlarini ko'taradi, o'zlari yashab turgan hududga, zaminga bo'lgan mehru muhavbbatlarini yanada oshiradi.

2006 yildan buyon fermerlik qilayotgan Jamshid boshliq uzumzoru bog'-rog'larga kirgan kishi hosilning mo'lligidan “barakalla, azamatlar” deya dil izhorini bayon etishi tayin. Bu haqda Jamshid va uning yonidagi sohibkorlarga so'z ochsangiz, “hali bu boshlanishi, maqsadga erishishimiz uchun yana biroz vaqt kerak”, deyishadi.

Fermer yerlari Samarqanddan Qoratepa dovoni sari eltuvchi avtomobil yo'lidan unchalik uzoq  emas. Dastlab vodiycha uslubda yerdan ko'tarilgan toklar ko'zga tashlanadi. Ulardagi pishib yetilgan uzumlarning bir boshi bir kishi iste'moli uchun ancha ortiqchalik qiladigandek. Sababi, bu uzumlaning har boshi bir-ikki kilogrammlik tarzi toshini bemalol bosadi. Mezon quyoshida yaltirab turgan toifalar rosa shiraga to'lgan. Birgina tokning o'idagi uzumlar boshini sanayman degan kishining sanoqdan adashib ketishi ham bor gap.

— Fermer xo'jaliini  tashkil etganimizda ishchilarimiz soni jami 8 kishi edi, – deydi fermer Jamshid Azizov. -Hozir doimiy ishlaydiganlar 37 nafar.Ularning aksariyatiniagronomlar, suvchilar, traktorchilar tashkil etadi. Zarur paytlarda sharoitga qarab 60-70 nafargacha mavsumiy ishchilarni ham ishga jalb etamiz. Ayniqsa, uzumchilik va bog'dorchilikda hosilni saranjomlab olishda ularning o'rni katta bo'ladi. Keyingi yillardagi eng katta yangiligimiz ekanlarni tomchilatib sug'orish uslubiga o'tganimiz bo'ldi. Nasos qurilmalarini o'rnatish uchun turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qildik.

Fermerdan tomchilatib sug'orishning afzalliklari haqida so'raymiz.

— Bu uslubning turgan-bitgani foyda ekan, – deydi u. –Eng asosiysi, suvning tejalishi. Tomchilatib sug'orish har qanday qurg'oqchilik davr mashaqqatlarini yengib o'tishning eng zo'r quroli. Bunda suvning har qatrasi tejaladi. Endi ilgarigidek ekinzorning bir tomoni ko'llab, boshqa tomoni cho'llab qolmaydi.  Suv hamma joyga birdek “taraladi”. Masalan, joriy yilda suvning qimmati oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Sababi, qishda qorning, bahorda yomg'irning me'yordagidan ancha kam bo'lgani buning asosiy sababidir. Lekin qarang, qurg'rqchilik kuchli bo'lsa-da, tokzorlarimiz, olmazloru shaftolizorlarimiz yashnab turibdi. Chunki, ular doimiy ob-hayotdan bahramand. Daraxtlar, ekinlar issiq kunlarda, ayniqsa, saratonu asadda ildizi nam bo'lib tursa, ular rivojlanishdan to'xtamaydi. Hosili rivojlanaveradi.

Uzumlarning to'liq eksport qilinishini aytdim. Hademay, ularni saranjomlashni boshlaymiz. Bu davrda mavsumiy ishchi kuchlari mehnatim kerak bo'ladi. Rossiyaga jo'natiladigan hosildan daromad katta bo'ladi. Bu harakat tufayli olinadigan foyda o'zimizning bozorlardagidan kamida ikki baravarga ko'p bo'ladi. O'ziizda qoladigan olma va shaftolining asosiy qismini esa muzlatgichlarga joylashtiramiz va ular sharottga qaragan holda mahalliy bozorga chiqarilaveradi.  Ularning ham yarmiga chqini eksportga jo'natilaladi. To'g'risi, uzumdan tashqari olma va shaftoliga ham ayniqsa, Rossiyada talabshorlar ko'p. Biz ular bilan tuzilgan shartnoma asosida mahsulot yetkazib berishni yo'lga qo'yayapmiz. Aslida bozor talabi shunday. Mehnat qilib topganingni qay bir bozorga chiqarma, undan albatta durustroq daomad top, foyda ol. Ana shunda turmush tarzing yaxshilanadi, hech narsaga zoriqmaysan.

Fermer xo'jaligi a'zolarining har biri oyiga 2-2,5 million so'mdan maosh oladi. Mavsumiy ishlayotganlarga to'lanadigan mehnat haqi ham bundan kam emas. Buning hammasi fermer xo'jaligida ish yurtitish, bajariladigan vazifalarning to'g'ri taqsimlanishi, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish natijasidir.

Bu yilgi erta bahordagi kutilmagan sovuqni, qor bo'lib, ko'plab hosilning boy berilganini har bir fermer esdan chiqarmasa kerak. Jamshid boshliq fermerlar esa shunday sharoitda tabiat injiqliklari bilan qarshi kurashga harakat qilishdi. Ular ko'klamning qorli, sovuq kunlarida shaftolilar tagida xas-xashak, eski balonlarni yoqishib, ojddiy tutun orqali mevalarning bir qismini saqlab qolishdi Bu ham tadbir topishning bir ko'rinishi, albatta.

Konigildagi g'allaning har gektaridan 58 sentnerdan hosil olindi. Uning 41 sentneri bilan  davlat buyurtmasi bajaridgan bo'lsa, qolgan hosil fermerlarning o'zlariga qoldi.

Xullas, hisobini topgan tajribali fermer Jamshid Azizovning mehnat muvaffaqiyatlari, turmush tarzini boshqalarga o'rnak qilib ko'rsatsa arziydi. Jamshid va uning yonidagilarning aytishlaricha esa bu yutuqlar hali boshlanishi. Ularning yaqin kelajakda dehqonchilikni, bog'dorchilikni, uzumchiligu, boshqa sohalarni yanayam rivojlantirish yo'lida boshlagan va dadil davom ettirayotgan harakatlari boshqalarga ibratlidir.

Abdurasul SATTOROV,

Alimardon XUDOYQULOV.

loading...