Ilk marta Berlin shahriga ayol kishi hokim bo'ldi

0

Berlinda bo'lib o'tgan hududiy saylovlarda sotsial-demokratlar (GSDP) g'alaba qozonishdi — endi ushbu federal yer hukumatini ular boshqaradi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

GSDP (Germaniya sotsial-demokratik partiyasi) nomzodi Fransiska Giffay Berlin burgomistri lavozimida faoliyat olib borgan ilk ayol sifatida tarixga kiradi. 43 yoshli Giffay kansler Angela Merkel hukumatida oila masalalari bo'yicha vazir lavozimida faoliyat yuritgan. Shu yilning may oyida, doktorlik dissertatsiyasida plagiatga qo'l urgani bilan bog'liq mojaro ortidan, iste'foga chiqqandi.

Germaniyadagi saylovlarda sotsial-demokratlar eng ko'p ovoz to'plashdi. Ular Berlinda ham birinchi — 21,4 foiz ovoz, biroq bu 2016 yilgidan pastroq natija — o'shanda 21,6 foiz ko'rsatkichga ega bo'lishgandi.

loading...