Bu haqda Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo'lib o'tayotgan yig'ilishda ma'lum qilindi.
“Afg'onistondagi holat hammamizga saboq bo'lishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yo'l qo'ymaymiz. Chunki O'zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar. Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o'tishga urinish bo'ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat'iy, kerak bo'lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o'z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo'ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – dedi davlat rahbari.