Kobul tez orada suvsiz qolishi mumkinligi ma'lum qilindi

0

Afg'oniston poytaxti Kobul yaqin vaqt ichida suvsiz qolishi mumkin. Bu haqda shahar meri Hamdulla No''moniy ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, bir necha yillardan beri davom etayotgan qurolli nizolar, iqlim o'zgarishi va suv ta'minoti tizimining yomon boshqarilishi ushbu vaziyatga olib kelgan.

«Suv tanqisligi kundan kunga kuchaymoqda. Shahar bugun-erta suvsiz qolishidan xavotirdamiz», — dedi No''moniy.

No''moniyning aytishicha, hukumat inqirozni bartaraf etish uchun suv yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazmoqchi.

Jahon oziq-ovqat dasturining bildirishicha, agarda Afg'oniston hukumati suv ta'minoti muammosi bilan jiddiy shug'ullanmasa, mamlakatni ommaviy ocharchilik kutadi.

loading...