“Chuqur” teleserialidagi Dilan Chichek Denizning tabassumi muxlislarni rom etdi

0

“Ipak yo'li durdonasi” kinofestivaliga tashrif buyurgan turk aktyorlari orasida aktrisa Dilan Chichek Deniz ham bor. Ushbu aktrisa o'zbek tomoshabinlariga “Chuqur” teleserialidagi Sena Kochovali roli orqali yaxshi tanish.
O'zbekistonlik OAV vakillari bilan kechgan uchrashuvdan so'ng kinofestivalning hayajonli lahzalari qizil yo'lakdan o'tishga hozirlik ko'rishga oshiqib ketayotgan aktrisani savolga tutdik:

O'zbekistonning qaysi jihatlari sizga yoqdi?

«Albatta, davlatingizga bunday xalqaro festivalda ishtirok itish uchun kelishim menga juda yoqdi. Garchi kechasi kelib, hali davlatingizni ko'rishga ulgurmagan bo'lsak-da, lekin odamlari eʼtiborimni tortdi. Ular juda samimiy».

O'zbekistonlik  yigit turmushga chiqish taklifini bildirsa, qabul qilarmidingiz?

 «Taqdir. Agar ko'nglimga yoqqadigan yigit topilsa, albatta, o'ylab ko'rardim».

loading...