Nosning organizmga ta'siri qanday?

0

Shifokor Akbar Madaliyev:

-Nosni tayyorlashda tamaki bargi, o'simlik yog'i, ohak, kul, suv kabi vositalar ishlatiladi. Shuning uchun uning tarkibida nikotin, margimush, potash va yana ko'plab zaharli moddalar bo'ladi. Bu moddalar inson salomatligi uchun jiddiy xavf soladi.

– Ular yurak-qon tomir, jigar, buyrak va o'pka kabi muhim a'zolar faoliyatini buzadi.
– Nos tarkibidagi mahsulotlar tishlarni yemiradi.
-Og'iz, til, qizilo'ngach va oshqozon raki nos chekuvchilarda ko'p rivojlanadi.
-Nos chekuvchilarda jinsiy quvvat pasayishi va bepushtlik rivojlanadi.
– Bosh miya va uning qon-tomirlariga ta'sir qilib, bosh miya atrofiyasi va uning oqibatida xotira pasayishi, diqqatning kamayishi, uyquning buzilishi, erinchoqlik, asabiylik kabilarni keltirib chiqaradi.

– Bundan tashqari nosga ruhiy va jismoniy qaramlik sigaret mahsulotlariga nisbatan ko'proq rivojlanadi.

«Sog'lom hayot»