Surxondaryoda 3 ta yangi oliygoh tashkil etiladi

0

Kelgusi 5 yilda Surxondaryo viloyatida 47 ta davlat va xususiy sheriklik asosidagi 758 ta oilaviy bog'cha ochiladi, 75 ta davlat bog'chasi ta'mirlanadi. Ushbu ishlarga byudjetdan 700 milliard so'm  ajratiladi. Shuningdek, 96 ming qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratiladi. 21 ta yangi maktab va 358 ta maktablarda yangi binolar quriladi, 116 ta maktab mukammal ta'mirlanadi. Bu haqda bugun, 8 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning surxondaryolik saylovchilar bilan Termiz shahridagi “Muz saroyi” kompleksida bo'lib o'tayotgan uchrashuvida ma'lum qilindi.

«Shu orqali Surxondaryoda  maktab filiali degan eskilik sarqitidan butunlay xalos bo'lamiz.

Surxondaryo maktablarida 320 ta sport va 311 ta ma'rifat zallari bunyod etiladi va to'liq jihozlanadi.

389 ta kompyuter sinfxonalari, 741 ta texnologiya ustaxonalari va 776 ta maktab kutubxonalari jihozlanadi va zamonaviy adabiyotlar bilan ta'minlanadi.

Qumqo'rg'on, Oltinsoy, Bandixon tumanlari va Termiz shahrida Ay-Ti, matematika, kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan 19 ta maktab tashkil etiladi.

Oliy ta'lim qamrovi 25 foizdan 50 foizga yetkaziladi. Buning uchun viloyatda 3 ta yangi oliygoh tashkil etiladi», – dedi davlat rahbari.

loading...