O'zbekistonda 11 oktyabr kuni ob-havo yog'ingarchiliksiz, lekin tumanli bo'lishi kutilmoqda

0

«O'zgidromet» 11 oktyabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, «O'zgidromet» dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilayotganini, biroq kelasi hafta o'rtasiga kelib harorat yana ko'tarilishini ma'lum qilgandi.