Ikkita dahshatli jahon urushi bashorat qilindi

0

Amerikaning 19Fortyfive nashri sharhlovchi Robert Farlining fikricha, AQSh va Xitoy o'rtasidagi ziddiyat uchinchi va to'rtinchi jahon urushlariga olib kelishi mumkin.

«Vashington va Pekin qarama-qarshiligi, katta ehtimol bilan, bitta hal qiluvchi to'qnashuv bilan tugamaydi, balki bir qator qurolli to'qnashuvlarga olib keladi», deb yozadi u.

 

Uning fikricha, ikki ulkan davlat Tayvan uchun jang boshlashi mumkin.

 

AQSh kuchlari Xitoy armiyasini mag'lub qilgan taqdirda ham, bu Pekinni orol bilan birlashish g'oyasidan voz kechishga majbur qila olmaydi, deydi Farli. XXR vaqtinchalik sulh tuzadi, keyin esa bahsli hududni qo'shib olish uchun yana zarba beradi, deb hisoblaydi muallif.

 

«Yoki Xitoy Tayvan uchun kurashda g'olib bo'lsa ham, uning AQSh bilan qarama-qarshiliklari to'xtamaydi. Xitoyning bunday muvaffaqiyati Osiyoning bir qator davlatlari – Vyetnam, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Vashington bilan yaqinroq ittifoq tuzishga harakat qilishga majburlashi mumkin. Bu esa yana bir mojaroga olib keladi», – deyiladi maqolada.

loading...