«Biz ularning uylariga bostirib kirib, vaksina olishlariga majbur qilamiz»

0

Filippin prezidenti COVID-19 kasalligiga qarshi emlanishdan bosh tortgan fuqarolarni uyiga bostirib kirib, ularni uxlab yotgan paytlarida vaksina bilan emlatish kerakligini aytdi.

«Vaksinadan foydalanishdan bosh tortgan odamlar katta muammolarga sababchi bo'lyapti. Biz ularni yashab yurgan kvartallariga bostirib kiramiz, va kerak bo'lsa, ularni uxlab yotgan paytlarida emlatamiz. Boshqa chorasi yo'q», deydi Rodrigo Duterte.

Avvalroq Filippin prezidenti siyosatdan ketishini e'lon qilgandi.

RBK

 

 

loading...