Mir Arab madrasasining 500 yilligi nishonlanadi

1

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo'lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Imom Buxoriyning ustozi Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligi va Mir Arab madrasasining 500 yilligini nishonlanishini ma'lum qildi.

— Hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning ustozi, yurtimizda islom huquqshunosligi faniga asos solgan buyuk alloma Abu Hafs Kabir Buxoriy hazratlarining muborak nomini abadiylashtirish, ilmiy merosini xalqimizga yetkazish burchimizdir. 2023 yilda Kabir Buxoriy bobomiz tavalludiga 1255 yil to'ladi. Ushbu sanani munosib nishonlash bo'yicha maxsus qaror qabul qilamiz.
Biz bundan uch yil muqaddam Mir Arab madrasasini oliy diniy ta'lim muassasasi sifatida qayta tiklaganimizdan sizlar xabardorsiz. Kelgusi yili ushbu mo''tabar dargohning faoliyat boshlaganiga hijriy yil hisobi bo'yicha 500 yil to'ladi. Shu muhim sanani xalqaro miqyosda nishonlasak, o'ylaymanki, ayni muddao bo'lur edi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

loading...

1 TA FIKR

  1. Mir Arab madrasasiga oliy ta'lim muassasasi maqomi berilishi ko'plab talabalar uchun jud yaxshi yangilik bo'lgan.

Comments are closed.