Nargiza Abdullayeva «Bu mening onam»ga qanday boshlovchi bo'lgan?!

0

Aktrisa, teleboshlovchi Nargiza Abdullayeva «Bu mening onam» ko'rsatuviga qanday qilib boshlovchi bo'lgani haqida aytib berdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, ko'rsatuvga tanlab olib kelingan. Nargiza Abdullayeva boshlovchilik qilish uchun Malika Ravshanova bilan til biriktirmaganini ta'kidladi.

«Men hammaga yoqaman deb aytolmayman. Men ham kimgadir yoqmayman. Instagram’imda menga negativ yo'q. Lekin mana shu ko'rsatuvdan keyin menga negativ ko'paydi. Siz olib qo'ydingiz, sizni yomon ko'ramiz, sizni yaxshi aktrisa deb o'ylardik deb yozishdi. O'zi ko'nglim bo'sh. Gaplarni ichimga oldim. Meni bu ko'rsatuvga to'satdan chaqirib qolishdi. Nima bo'lganini so'ramadim. Men oshida chiqishga qo'rqdim. Chunki bu ko'rsatuvni noldan olib chiqqan inson, bolasidek mehr bergan, o'zining yo'nalishi, o'zining muxlislari bor. O'sha paytda chet eldan san'atkor olib kelib qo'ysangiz ham, hech kim qabul qilmasdi. Chunki birinchi ko'rsatuvni Shoira olib bordi faqat uni qabul qilishadi. Ancha gap-so'zlar bo'ldi. Men olib qo'yganim yo'q. Malika bilan til biriktirganim yo'q. Ular o'zaro kelisholmagandir. Malika biror marta menga nima bo'lganini aytmagan. Meni shunchaki olib kelib qo'yishdi. Hozir meni ham ketkazib o'rnimga boshqa odam olishi mumkin. Men buni to'g'ri qabul qilaman. Bu ko'rsatuvni sotib olishga pulim yo'q. Men oddiy insonman», — deydi aktrisa.

loading...