Qirg'iziston Prezidenti hukumatni iste'foga chiqardi

0

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Vazirlar Mahkamasini tarqatib yubordi. Bu haqda «Akipress» xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, davlat rahbari tegishli farmonni 12 oktyabr, seshanba kuni imzolagan. Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi raisi Ulug'bek Maripov ham vazifasidan ozod etilgan.

«Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi a'zosi lavozimini egallagan shaxslar o'z vazifasini Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasining tarkibi yangidan tuzilguncha bajarishda davom etadi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, vazifasidan ozod etilgan Vazirlar Mahkamasi raisi Ulug'bek Maripovning o'rniga Oqilbek Japarov mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan bo'lib, uning Qirg'iziston prezidenti ma'muriyatini ham boshqarishi belgilangan.

loading...