Shahrisabzdagi sport zali OAV tanqididan so'ng ta'mirlandi

0

O'tgan hafta ko'plab OAVlar Shahrisabz tumani «G'ilon» qishlog'ida joylashgan 58-maktab o'quvchilari poli chirib kergan sport zalida shug'ullanayotgani haqida xabar berdi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha , xabarlar e'lon qilingandan keyin holat yuzasidan tuman hokimligi o'rganish olib borib, ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

«Bir necha kun davom etgan ta'mirlash ishlaridan so'ng sport zalining holati tiklandi. Ayni paytda jismoniy tarbiya darsi ushbu sport zalda o'tilmoqda», — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o'tamiz, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi maktab tog'li hududda joylashgani, yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, namgarchilik yuqoriligi natijasida sport zalining pol qismi juda tez vaqtda yaroqsiz holatga kelganini ma'lum qilgandi. Sport zalini ta'mirlash 2022 yil «Mahalliy byudjet» hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

gazetauz

loading...