SOG'LIQ UChUN ChOYGA NIMALARNI QO'ShIB IChGAN MA'QUL?

0

1. Kurkuma
Kurkumali choy yallig'lanishlarni kamaytiradi. Saraton bilan kurashadi, yurakni mustahkamlaydi.

2. Zanjabil (imbir)
Zanjabil ovqat hazmini yaxshilaydi. Migrendan aziyat chekayotganlarga yaxshi foyda beradi.

3. Dolchin (kopisa)
Dolchinli choy shamollash, gripp va yo'tal kabi virusli kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Va qand miqdorini kamaytiradi.

4. Asal
Sayyoramizdagi eng foydali yegulik. U organizm uchun energiya manbai bo'lib, immunitetni mustahkamlaydi.

5. Novvot
Ertalab nonushtaga bir piyola novvot choy ichganning yuragi baquvvat bo'ladi.
Bundan tashqari, ovqat hazm qilishdagi buzilishlar, organizmning suvsizlanishi, qon bosimining tushib ketishida, sovqotish va umumiy charchoq kabilarni davolashda qo'l keladi.

SoglomHayot

loading...