Toshkentda afg'on-veteranlariga moddiy yordam ko'rsatildi

0

12 oktyabr kuni Toshkentdagi G'alaba bog'ida Veteran jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi, Olmazor tumani hokimligi va Rossiya elchixonasi bilan hamkorlikda urush qatnashchilari va urush nogironlariga tenglashtirilgan jangchi faxriylarini va farzandlari, vatan himoyasida halok bo'lganlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida insonparvarlik yordami ko'rsatish bo'yicha tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Toshkent, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan 150 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. G'alaba arkasi va urushda besh o'g'lidan judo bo'lgan ayol – “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambarlar qo'yildi.

Afg'onistonda jangovar harakatlar chog'ida nogiron bo'lgan, halok bo'lgan jangchilar oila a'zolariga, jangovar harakatlari qatnashchilari va xizmat safarida bo'lgan jangchi faxriy ayollarga, kam ta'minlangan, muhtoj va birlashma faoli bo'lgan jangchi faxriylarga bir martalik insonparvarlik yordami topshirildi.

 

loading...