Fransiya va Tojikiston prezidentlari uchrashuvida mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi

0

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishda Parijning hamkorligi masalasini muhokama qilish niyatida. U bu haqda Tojikiston prezidenti bilan uchrashuv oldidan ma'lum qildi.

“Sizning rasmiy tashrifingiz mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo'yicha muloqotni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Biz vaziyatni barqarorlashtirishda Fransiya Tojikistonga berishi mumkin bo'lgan yordamni muhokama qilamiz”, – dedi Makron Rahmonga murojaatida.

Uning so'zlariga ko'ra, davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik masalalari borasida fikr almashadi.

Makron shuningdek, Fransiya Tojikiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirayotganini qayd etdi.

“Muzokaralaramiz kelgusi besh yillik uchun ikki tomonlama hamkorlikning yo'l xaritasini ishlab chiqishga imkon beradi”, – dedi u.

tass.ru

loading...