Hazorasp tumanida zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo'lgan firibgarlar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Hazorasp tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.A. va Q.I.lar fuqaro G'.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurish uchun tuman hokimligi zaxirasida bo'lgan 8 sotix yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

 

loading...