Hech qachon o'z mehnatingizni arzon baholamang

0

Gigant kemaning dvigateli ishdan chiqdi va uni hech kim tuzata olmadi.

Va nihoyat uni tuzatish uchun 40 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan muhandis-mexanikni taklif qilishdi.

U dvigatelni sinchkovlik bilan tekshirdi va sumkasidan kichkina bolg'achani chiqardi. Keyin qaysidir detalni urdi. Dvigatel tezda ishlab ketdi. U ta'mirlangan edi!

Oradan 7 kun o'tgach injener ta'mirlash xizmati haqini 20 000 dollar ekanligini aytdi.

– Nima?, – deya hayron bo'ldi kema xo'jayini. – Siz qariyb hech narsa qilmadingizku? Bizga batafsil tushuntirib bera olasizmi…

– Javob oddiy,- dedi mexanik. – Bolg'a bilan urish bahosi 2 dollar. Ammo qaerga, qancha va qanday urishning qiymati 19 998 dollar. O'z bilim va tajribasini qadrlash muhim. Chunki bu – kurashlar, tashvishlar va ko'z yoshlar natijasidir. Agar men ishni 30 daqiqada tugatgan bo'lsam, buning sababi shundaki, men 20 yil davomida bu ishni 30 daqiqada qanday bajarishni o'rgandim.

Hech qachon o'z mehnatingizni arzon baholamang. Sizning 1 kunlik ish kuningiz, hayotingizning 1 kuniga tengdir.

 

loading...