Kamola Ermatova turmush o'rtog'i bilan qanday tanishganini aytib berdi

0

«Zulfiya» davlat mukofoti sohibasi, radioboshlovchi Kamola Ermatova «Omon-omon» ko'rsatuviga bergan intervyusida turmush o'rtog'i bilan qanday tanishgani haqida gapirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, turmush o'rtog'i Abror Po'latov ham jurnalist. U «Jiddiy o’yin» ko'rsatuvini olib borgan. Ular bitta universitetda o'qigan.

«Turmush o'rtog'im ham televidenie sohasida ishlab yurgan paytida ‘Jiddiy o’yinʼ degan loyiha bo'lardi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazilardi. Shu dasturni o'zim yaxshi ko'rib tomosha qilardim. Chunki juda qaltis holatlar, vaziyatlar bo'lardi. Abror akaga muxlis bo'lganman. Hozir siz meni tanishingizdan oldin men sizni taniganman deyman. O'sha payti yosh bo'lganman bunday ekstremal dasturlar qiziq bo'lgan. Keyinchalik shu ovozni radioda eshitdim. Abror Po'latov radioda ham ishlar ekan deb o'ylaganman. Efirda ko'rib simpatiya bo'lgan. Bugungi kunda o'n ikki yildan beri birgalikda ahil-inoq bo'lib yashayapmiz. Men bakalavr bosqichida o'qiyotganimda u magistratudada o'qir edi. Shunday qarasam, o'tib ketyapti turmush o'rtog'im. Keyin universitetda ko'rishib gaplashdik. Oradan bir hafta o'tgan, Abror aka men sizga uylanaman degan va sovchilarni jo'natgan. Hali bir-birimiz haqida hech narsa bilmaymiz. Faqat ismimizni va ijodkor ekanligimizni bilamiz. Lekin sovchi jo'natgan. Shu bilan to'y bo'ldi», — deydi boshlovchi.

loading...