Sehrgar ishdan bo'shadi

0

Yangi Zelandiyadaning Kraystcherch kengashi shahar sehrgari lavozimida 20 yildan ortiq vaqtdan beri ishlab kelayotgan Yan Brekenberi Chennell bilan shartnomani bekor qildi, deb xabar beradi Esquire.

Mahalliy hukumatning qaroriga ko'ra, sehrgar lavozimi shaharning zamonaviy qiyofasiga mos kelmaydi. 1998 yilda Kraystcherchning bosh sehrgariga aylangan 89 yoshli Yan Brekenberi Chennell so'nggi maoshini dekabr oyida oladi va shundan so'ng shartnoma bekor qilinadi.

Chennell shahar kengashini «tasavvursiz byurokratlar to'dasi» deb atagan. U amaldorlar shaharning haqiqiy merosi haqida tasavvurga ega emasligini ta'kidlab, sehrgar Kraystcherchning asl qiyofasini ifodalashini aytgan.

Yan Brekenberi Chennell Yangi Zelandiyaga 1970 yillarda ko'chib kelgan. Sehrga qiziqqani sabab u uzoq vaqt ish topa olmagan, shuningdek, xobbisini jiddiy qabul qilmagani uchun ko'plab do'stlari va xotinidan ajralgan. Yangi joyga kelib u ommaviy chiqishlar qilgan va «sehrini» namoyish etgan — masalan, raqslar yordamida yomg'ir chaqirishga uringan.

1982 yilda Yangi Zelandiya badiiy galereya assotsiatsiyasi sehrgarni tirik san'at namoyandasi deya tan olgan, Kraystcherch shahar kengashi esa uning uchun rasmiy lavozim joriy etgan. 1998 yildan buyon Chennell ushbu lavozimda «shahardagi reklama ishlari doirasida sehr va boshqa sehrgarlik xizmatlarini ko'rsatgani uchun» 11,7 ming AQSh dollari miqdorida maosh olib kelgan.

Ma'lumot uchun, 2009 yil sehrgar Yangi Zelandiyaning eng oliy mukofoti — «Qirolicha xizmati» unvoniga sazovor bo'lgan.

loading...