O'zbekistonga kafolatlangan tinchlik kerak — Mirziyoyev

0

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Navoiy viloyatida bo'lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari yana bir marta Afg'oniston masalasiga to'xtalib o'tdi.

— Tolibon bilan ikki yarim yil oldin birinchi bo'lib muloqot boshlaganimizda ko'pgina davlatlar hayron qolgandi. Ular bilan qanday gaplashish mumkin, deyishgandi. Ammo biz muzokaralarda davom etdik.

Qo'shni tanlanmaydi, shunday ekan, faqat ahil-inoq bo'lib yashash kerak. Qo'shnim yomon ekan, deb boshqa joyga ko'chib keta olmaymiz-ku!

Afg'oniston bilan necha yuz yillardan buyon qo'ni-qo'shni bo'lib kelamiz, bir daryodan suv ichamiz. Shunday ekan, jafokash afg'on xalqi bilan har doim muloqotda bo'lamiz.

5 kuncha oldin Tashqi ishlar vazirimiz boshchiligidagi delegatsiya Afg'onistonda bo'lib kelishdi. Maqsad — manfaatli aloqa o'rnatish.

Nima qilish kerak? Hamma narsa bordi-keldi, muzokalar bilan hal bo'ladi. Menga kafolatlangan tinchlik kerak. Hamma o'zining xalqini o'ylaydi. Menga o'z xalqimning tinchligi, davlatimizning manfaati kerak! — dedi Shavkat Mirziyoyev.

loading...