Yuzimda turli nevrologik o'zgarishlar kuzatilmoqda. Buning sababi nima?

0

Shifokor Hilola Jumayeva:

-Odam ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan yuzdagi o'zgarishlarga mimik mushaklar, uch shoxli va yuz nervidagi o'zgarishlar sabab bo'ladi. Bunga kuchli stress, surunkali charchash, uyqusizlik va nerv sistemasidagi o'zgarishlar sabab bo'ladi. Nerv sistemasi kasalliklari (insult) asoratlarida ham ushbu holatlar kuzatiladi.

-Stress va tashqi ta'sirlar natijasida ushbu holat yanada kuchayib boradi va tananing boshqa qismlari, qo'l-oyoqlarda ham kuzatilishi mumkin.

-Shu sababli kasallik yanada avj olmasdan, shifokor nevropatologga murojaat qilish va davo muolajalarini boshlash zarur.

-Profilaktika maqsadida kasallikning oldini olish uchun nerv va mushak yallig'lanishi kasalliklarida davolashni to'liq amalga oshirish, shifokor tavsiyasiga ko'ra berilgan fizioterapiyalarni o'z vaqtida to'liq olib borish, stressga chidamlilikni oshirish zarur.

«Sog'lom hayot»

loading...