Afg'onistonda gumanitar inqiroz kuchaymoqda

0

BMTning Qochoqlar bo'yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi ma'lum qilishicha, Afg'onistonda gumanitar inqiroz kuchaymoqda, 20 mln afg'on yordamga muhtoj.

Bir oy oldin Afg'onistondagi gumanitar operatsiyalar uchun 606 million dollar kerakligi taxmin qilingan edi. BMT bu miqdorning atigi 35 foizini yig'di.

BMT Qochoqlar bo'yicha Oliy Komissarligi vakilining ta'kidlashicha, boshqarma Afg'oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda logistika markazlarini tashkil etish, Kobulda ko'chirilgan yuzlab afg'onlarga shoshilinch yordam ko'rsatish uchun harakat qilmoqda.

BMTga ko'ra, bugungi kunda afg'on oilalarining atigi besh foizi to'g'ri ovqatlanmoqda. Besh yoshgacha bo'lgan bolalarning yarmidan ko'pi ochlikdan aziyat chekadi.

news.un

loading...