Antiqa taom: Qovoq ichida guruchli bo'tqa resepti

0

Ushbu yangi resept mazali bo'lishi bilan birga, vitaminlarga ham boydir.

Kerakli mahsulotlar:

 

quritilgan o'rik – 50-80 gramm;

mayiz – 40 gramm;

guruch – 100 gramm;

shakar – 1/2- 2 osh qoshiq;

sariyog' – 40 gramm;

qovoq – 1 dona;

suv – 150 ml;

sut – 250 ml;

tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Mayiz va quritilgan o'rik 10-15 daqiqaga suvga bo'ktiriladi.

Guruch taxminan 10 daqiqa davomida chala pishguniga qadar qaynatiladi. So'ngra ivitilgan mevalar, tuz, shakar va yumshatilgan sariyog' bilan aralashtiriladi.

Qovoqning yuqori qismi kesib olinadi. Ichidan urug' va go'shtli qismi olib tashlanadi va sariyog' surtiladi.

Guruchli aralashma qovoq ichiga solinadi va ustidan issiq suv hamda sut quyiladi, aralashtirilib, qovoqning yuqori qismi yopiladi.

Taom taxminan pechda 1 soat davomida 180 darajada pishiriladi.

loading...