Qamchiq dovonida «Spark» pastlikka tushib ketdi

0

12 oktyabr kuni 18:30 larda “Qamchiq” dovonida harakatlangan “Spark” avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'l tagidan suv o'tkazuvchi inshootga tushib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo'lgan haydovchi va bir nafar yo'lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

 

Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakati natijasida ikki inson hayoti saqlab qolingan.

 

loading...