Tayvanni qo'llab-quvvatlash XXR tomonidan kelayotgan tahdidlarni oldini olishga qaratilgan

0

AQSh Tayvanga mudofaa sohasida yordam  berishda  davom  etadi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, AQSh Xitoyning Tayvan yaqinidagi harakatlaridan jiddiy xavotirda va uni beqarorlashtiruvchi faktor sifatida baholaydi.

“Biz Pekinni ushbu harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosimdan voz kechishga chaqiramiz. Biz Tayvan ko'rfazining har ikki qirg'og'ida tinchlikdan manfaatdormiz, shuning uchun Tayvanga mudofaa qudratini saqlab turishi uchun ko'mak berishda davom etamiz”, – degan Kirbi.

Shu bilan birga, Pentagon rasmiy vakili Vashingtonning  ushbu harakatlari “Yagona Xitoy” siyosatiga mos kelishini alohida ta'kidladi. Tayvanni qo'llab-quvvatlash esa  “XXR tomonidan kelayotgan tahdidlarni oldini olishga qaratilgan”.

Ma'lumot o'rnida: 1949 yildan buyon Tayvan va Xitoy amalda bir-birini tan olmasdan kelmoqda. 1971 yilda Xitoy BMT xavfsizlik kengashiing doimiy a'zosi sifatida Tayvanning o'rnini egalladi. Jahon hamjamiyati orolni Xitoyning bir qismi sifatida tan olsa-da, Pekin G'arbni ikki xil standartlarda ayblamoqda.

zamon.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here