Toshkentda Lasettini “erkatoylarcha” boshqargan haydovchi jazolandi (video)

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Lasettini orqa tarafi bilan haydagan haydovchi videosi tarqaldi. Video telegram kanallarda e'lon qilindi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu haydovchi ushlangan. Hodisa shu yil 4 sentyabr kuni Yunusobod tumani, A.Navoiy ko'chasida sodir bo'lgan. Rulda 30 yoshli yigit bo'lgan. Shuningdek, avtomobil ruxsat etilmasada tonirovka qilingani aniqlangan va haydovchi YPX xodimining talablarini ham bajarmagan.

Unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135, hamda 194-moddalari tartibida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo'yilgan.

loading...