O'rtachirchiqda paxta ortilgan traktor va «Tracker» to'qnashdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda O'rtachirchiq tumanida sodir bo'lgan YTH haqida xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, 11 oktyabr kuni soat 20:55 larda, Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani hududidan o'tgan 4R-20 «Toshkent-To'ytepa» avtomobil yo'lining 27-kilometrida Toshkent shahridan Nurafshon shahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1990 yilda tug'ilgan Z.I. boshqaruvidagi «Tracker» rusumli hamda bir yo'nalishda, oldinda bo'lgan haydovchi, 1964 yilda tug'ilgan N.S. boshqaruvidagi 2 ta tirkamali «MTZ-80» rusumli traktor ishtirokida YTH sodir bo'lgan.

To'qnashuv natijasida «Tracker» rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan O'rtachirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

loading...