Xurrak kelib chiqishining sabablari nima?

0

Shifokor Hilola Jumayeva:

– Xurrak otish surunkali kasallik bo'lib, yuqori nafas yo'llarining surunkali yallig'lanishi sababli limfa to'qimalarining kattalashishi va nafas yo'llarining torayishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari yuz-jag' sohasidagi o'zgarishlar, burun to'sig'i qiyshiqligi va ortiqcha tana vazni ham xurrak otishga sabab bo'ladi.

– Xurrak otishning eng xavfli jihatlaridan biri – uyquda nafasning siqilib qolishi bo'lib, bu holatning bir necha marotaba takrorlanishi kislorod bilan to'yinish darajasining pasayishiga sabab bo'ladi. Bu holat esa insult va infarkt xavfini yanada oshiradi.

-Bemorlarga davo muolajasidan tashqari, tepaga qarab uxlamaslik ham tavsiya etiladi.

«Sog'lom hayot»

loading...