Buxoroda fuqaro xonadonidan 135 gr “ko'knor xashagi” topildi

0

G'ijduvon tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumot asosida o'tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, tumanning “Biyosin” mahallasida yashovchi, 1989-y.t. G.J. ning yashash xonadoni va unga tutash bo'lgan qo'shimcha binolar ko'zdan kechirilganda, omborxonasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika bo'limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko'ra sof vazni 135,08 grammga teng bo'lgan ko'p miqdordagi “Ko'knor xashagi” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan G.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...