Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo saqlanib turadi

0

«O'zgidromet» xabariga ko'ra, ushbu dam olish kunlari va keyingi hafta boshida respublika bo'yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab juda salqin, 6-9 daraja iliq atrofida bo'ladi, kun davomida quyosh havoni 22-25 daraja issiqqacha ko'taradi. Bu oktyabr oyining o'rtalari uchun bo'lgan me'yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga yuqoridir. Biroq, eng issiq bo'lgan oktyabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35 daraja issiqqacha ko'tarilgan.

loading...