Navoiyda zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo'lgan firibgar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo'limi tomonidan viloyat DXX bilan  tezkor tadbir o'tkazildi.

Unda, fuqaro L.Q. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, aslida Navbahor tumani hokimligi zaxirasida bo'lgan 40 sotix yer maydonini o'ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yo'li bilan 75 mln so'mga sotishga kelishib, 1 700 AQSh dollari va 57 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...