Sergey Lavrov O'zbekistonda rus maktablari tashkil etilishini ma'lum qildi

0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva mamlakat bilan ittifoqdosh barcha mamlakatlarda rus maktablarini tashkil etilishiga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

«Tojikistonda bizning metodologiyamizga asoslangan to'liq dastur bo'yicha o'qitiladigan beshta maktab tashkil etilmoqda. Hozirda O'zbekiston uchun ham shunday dastur tayyorlanmoqda. So'nggi vaqtlarda Armanistonning yangi rahbariyati Armaniston uchun ham xuddi shunday dastur ishlab chiqarishga qiziqish bildiryapti», — deydi Lavrov chet elda yashovchi rus vatandoshlarining rus tilini targ'ib qilish haqidagi VII jahon kongressida.

Uning so'zlariga ko'ra, Moskva buni barcha ittifoqchilar va strategik sheriklar uchun namunali loyihaga aylantirishdan manfaatdor.

«MDH mamlakatlaridagi Rossiya OTMlarining filiallari tizimi ham ancha turib qolgan, ularni ham kengaytirish va rivojlantirish lozim», — deya qo'shimcha qiladi vazir.

loading...