Qaysi vaksinalar bilan emlangan xorijliklar AQShga kira oladi?

0

8 noyabrdan Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boshqarmasi (FDA) yoki Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'qullagan koronavirusga qarshi vaksina bilan to'liq emlangan xorij fuqarolari AQShga kira oladi, deb yozadi The New York Times.

Bunda, AQShga safar qilayotgan xorijliklar samolyotga chiqish oldidan emlangani to'g'risidagi sertifikatni ko'rsatishi, mamlakatga kirganidan keyin esa uch kun ichida koronavirusga manfiy test natijasini taqdim etishi lozim.

AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boshqarmasi tomonidan Pfizer va BioNTech, Moderna hamda Johnson & Johnson vaksinalari ma'qullangan. JSST esa olti vaksinani ma'qullagan: Pfizer va BioNTech, AstraZeneca, Hindistonning Serum, Johnson & Johnson, Moderna va Xitoyning Sinopharm kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinalar.

RBK

loading...