Tadbirkorga ko'p qavatli uy qurilishini olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.R. “A.R.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida ko'p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligini, shundan 5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini va'da qilib, evaziga undan firibgarlik yo'li bilan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko'rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro A.U. sherigi R.R.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...