Afg'oniston sobiq prezidenti va Milliy yarashish oliy kengashi rahbari Moskvadagi uchrashuvda ishtirok etadi

0

Afg'onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashish oliy kengashi rahbari Abdulloh va Abdulloh Moskvadagi uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti o'z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, har ikkala siyosatchi taklifnoma olgan.
Afg'onistondagi vaziyatni tartibga solish mavzusiga bag'ishlangan “Moskva formati” yig'ilishi 20 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.
Unga Afg'onistondagi hukumatni egallab olgan “Tolibon”* vakillari va ayrim mamlakatlarning rasmiylari taklif qilingan.

ria.ru

loading...