Balida yuz bergan zilzila oqibatida uch kishi halok bo'ldi

0

Indoneziya Bali orolining Bangli va Karangasame hududlarida Rixter shkalasi bo'yicha 4,8 ballik zilzila oqibatida uch kishi halok bo'ldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar bermoqda.

AQSh Geologik xizmati xabariga ko'ra, zilzila markazi Bali ma'muriy markazi Denpasar shimoliy-sharqidan 43 kilometr uzoqlikda aniqlangan. Ma'lumot uchun, Denpasarda 897 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aytilishicha, zilzila oqibatida yetti kishi jarohat olgan.

Zilzila natijasida bir nechta uylar vayron bo'lgan. Orolning uchta hududida ko'chki sodir etilgan. Eng ko'p zarar ko'rgan sifatida Bangli rayoni aytilmoqda.

AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma'lum qilgan.

regnum.ru

 

loading...