Bobur Ganiyev 15 sutka qamoq jazosini o'tab bo'lgach, ozodlikka chiqdi

0

Yo'l-patrul xizmati xodimlari faoliyatini yoritish bilan shug'ullanuvchi bloger Bobur Ganiyev bugun 17 oktyabr kuni 00:00lar atrofida ozodlikga chiqqan.

Ma'lumot uchun, Sudning qaroriga ko'ra, Ganiyev MJtKning 41-moddasi, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga:

MJtKning 41-moddasi bilan bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida – 5.400.000 so'm jarima jazosi;

MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida – 270.000 so'm jarima jazosi;

MJtKning 195-moddasi 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi;

MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Huquqbuzar Ganiyevdan ma'muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma'muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya'ni 40.500 so'mdan, jami 607.500 so'm pul undirilishi belgilangan.

loading...