Farg'onada fuqaro o'qishga kiraman deb, firibgarga aldandi

0

Farg'ona tumani. 6-oktyabr kuni J.J IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning iyun oyida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, 5.200 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga o'qishga olib kirib qo'yishini aytib, pulni olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pulni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yo.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

loading...